Arab alifbosi - 1 KURS

Juda ham sodda uslubdagi arab tili

Arab alifbosi - 1 KURS
Arab alifbosi - 1 KURS

Arab alifbosi - 1 KURS udemy course free download

Juda ham sodda uslubdagi arab tili

Ushbu kurs har qanday yoshdagi arab tilini umuman bilmaydiganlar uchun mo'ljallangan. Kurs davomida qo'llanilgan oson va sodda uslub sizni qiyin deb o'ylagan arab tilini naqadar tez va qulay uslubda oson o'rganishizga guvoh bo'lasiz. Darslar ikkitadan harfni o'z ichiga oladi. Va o'rganilgan harflar ishtirokida yangi arabcha so'zlar berib boriladi. Talaba ularni yod oladi va keyinchalik arab tili grammatikasini o'rganishida unga yordam bo'ladi. Darslar imkon qadar qiyinlashtirilishdan qochilgan holda tartiblangan. Kursni agar muntazam o'rganib borilsa bir oyda alifbo darslarini yaxshi o'zlashtirish maqsad qilingan. Kursni mutlaqo ustozsiz o'rganish mumkinligiga e'tibor qaratilgan. Darslar davomida albatta daftar tutishingizni va o'tilgan darslarni muntazam yozib borishiz so'raladi. Yozish bilan olingan ilmlar mustahkamlanadi. Ushbu kurs ko'plab aynan chet eldagi o'zbek platformasi tomonidan yaxshi kutib olingan va alohida e'tiroflarga erishgan. Aynan Udemy platformasida o'zbek tilida bu kabi darlslarni uchratmadik va foydali bo'lishini niyat qilib ushbu platformada ham o'z faoliyatimizni boshladik. Agar daslar davomida sizga qandaydir savollar tug'ilsa albatta izohlar bo'limida izohlaringizni qoldiring. Agar kurs sizga yoqsa ham bu hissiyotni biz bilan ulashing. Bu bizning yanada qiziqarliroq darslar tayyorlashimizga zamin bo'ladi va o'z motivatsiyasini beradi. Rejadagi navbatdagi kurslarimiz alifbo qismini yosh bolalar uchun ham yanada oson uslubda taqdim qilamiz in shaa Alloh. Va albatta alifbo kursini tamomlaganlar uchun grammatika darslarini ham joylashmiz.